Foto: Navoiy viloyati IIB
Karmana tumanida masjiddagi ehson qutilaridan pul o‘g‘irlagan yigit ushlandi. Bu haqda Navoiy viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘g‘irlikni Nurota tumanida yashovchi 27 yoshli yigit qilgan. U 2023 yil 9 dekabr kuni tunda Karmana tumani markazidagi Qosim-Shayx masjidiga panjara osha kirib, u yerdagi 5 dona ehson qutisini buzib ochgan hamda ichidagi pullarni olib ketgan.
Yigitdan ehson qutilaridan o‘g‘irlangan 4 mln. 669 ming so‘m pullar hamda daliliy ashyolar rasmiylashtirib olingan. O‘tkazilgan surishtiruv tadbirlari davomida yigit 2023 yilning 25 noyabridan 9 dekabrigacha Nurota va Karmana tumanlaridagi bir nechta masjidda ehson qutilaridan pullarni o‘g‘irlab kelgani ma’lum bo‘lgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Markaziy bank: qoʻngʻiroqqa javob berish bilan kartadagi pullar avtomatik echib olinmaydi
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi
Koʻproq pensiya olish uchun nima qilish kerak?
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda
FVB boshligʻi 160 ming AQSh dollari olayotganda qoʻlga olindi
Samarqand viloyati IIB tezkor xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi