
Toshkent shahrining uch tumani: Mirobod, Bektemir, Sergeli tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ xabar berdi.
Unga ko‘ra, iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida 4 yanvar kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
- Mirobod tumani: “Sarakul” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
- Bektemir tumani: “Oltintopgan” MFYning ayrim hududlarida soat 09:00 dan 14:00 gacha;
- Sergeli tumani: “O‘zgarish” MFYning ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi bildirib o‘tilgan. “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘radi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar