Prezident Administratsiyasi xodimi Asilbek Anvarovich Xudayarovga sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajarib turish vazifasi yuklatildi.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, bu haqdagi qaror Bosh vazir Abdulla Aripov ishtirokida «tanqidiy ruhda» o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilingan.
«Davlatimiz rahbarining tegishli farmoniga ko‘ra Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajarish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbarining birinchi o‘rinbosari Asilbek Anvarovich Xudayarov zimmasiga yuklatildi», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.
Asilbek Anvarovich Xudayarov prezident administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimini ham saqlab qoladi.
Asilbek Xudayarov muqaddam sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan. Keyingi yillarda prezident administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi rahbari sifatida ishlagan, 2023 yil oktyabrida v O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligini 2022 yil dekabridan buyon Amrillo Shodiyevich Inoyatov boshqarib kelayotgandi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi
Koʻproq pensiya olish uchun nima qilish kerak?
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda
FVB boshligʻi 160 ming AQSh dollari olayotganda qoʻlga olindi
Samarqand viloyati IIB tezkor xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi
Amaldorlarning korruptsiyaga moyilligi tekshirilishi mumkin