Navoiy viloyatida ikki qizni Dubay shahriga sotib yubormoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga tushdi. Bu haqda “Zamon” dasturida xabar berildi.
Aytilishicha, K. ismli ayol ikki qiz bilan tanishib, BAAning Dubay shahriga olib ketishni taklif qilgan. Ular telefon raqamlarini almashishgandan so‘ng, ayol qizlarning biriga qo‘ng‘iroq qilib tinimsiz ravishda Dubay shahriga borishga undab kelgan.
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari hamkorligida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ayol o‘zining boshqa tanishi orqali ushbu qizlarni moddiy manfaat evaziga Dubayga sotib yubormoqchi bo‘lgani aniqlangan.
Holat yuzasidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari doirasida J. ismli fuqaro bir nafar qizni Toshkent xalqaro aeroporti orqali Dubayga jo‘natmoqchi bo‘lgan vaqtda qo‘lga olingan. Hozirda unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, tadbir doirasida ushbu jinoyatga daxldor bo‘lgan 1996 yilda Navoiyda tug‘ilgan va bugunga qadar Dubayga bir necha marotaba uzoq muddatga borib kelgan J.B.ga nisbatan qidiruv e’lon qilindi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi
Koʻproq pensiya olish uchun nima qilish kerak?
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda
FVB boshligʻi 160 ming AQSh dollari olayotganda qoʻlga olindi
Samarqand viloyati IIB tezkor xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi
Amaldorlarning korruptsiyaga moyilligi tekshirilishi mumkin