08:26 / 12.01.2024
154

27 turdagi xavfli chiqindining O‘zbekiston hududiga olib kirilishi taqiqlanadi

27 turdagi xavfli chiqindining O‘zbekiston hududiga olib kirilishi taqiqlanadi

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston hududida chiqindilar, ayrim turdagi xavfli mahsulot va kimyoviy moddalar muomalasi bilan bog‘liq nazoratni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qaror loyihasida Bazel konvensiyasiga muvofiq, 27 turdagi xavfli chiqindilarning O‘zbekiston hududiga olib kirilishini taqiqlash, import va eksport qilinishi davlat tomonidan tartibga solinadigan va majburiy ekologik sertifikatlanishi lozim bo‘lgan xavfli mahsulot va chiqindi turlari ro‘yxatini tasdiqlash ko‘zda tutilmoqda.

Vena konvensiyasiga muvofiq, O‘zbekistonga import qilinishi taqiqlangan ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlarning yangilangan ro‘yxati, import va eksport qilinishi davlat tomonidan tartibga solinadigan va majburiy ekologik sertifikat bo‘yicha amalga oshiriladigan ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlarning yangilangan ro‘yxati tasdiqlanadi.

Ozonni buzuvchi moddalar va ular tarkibida mavjud bo‘lgan mahsulotlarni import va eksport qilish ekologik sertifikat asosida faqat “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali amalga oshirilishi belgilanadi.

Ozonni buzuvchi moddalarning importi uchun kvotalar elektron onlayn-auksion savdolari orqali realizatsiya qilinishi yo‘lga qo‘yiladi.

Stokholm konvensiyasiga muvofiq 32 turdagi o‘simliklarni himoya qilish vositalari va boshqa turg‘un organik ifloslantiruvchi moddalarni O‘zbekiston hududiga olib kirilishi taqiqlanadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat