18:35 / 15.01.2024
196

«Prava»chi va valyutafurushlar «nishon»ga olinmoqda

«Prava»chi va valyutafurushlar «nishon»ga olinmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro I.O. fuqaro S.X.ga jami 4 500 AQSH dollarini 55,9 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan 105 ming Rossiya rubli va 70,3 mln so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan B.Sh. va Sh.N. fuqaro E.S.dan jami 3 500 AQSH dollarini 43 mln so‘mga sotib olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Departament hamda DXXning Beruniy tumani bo‘limlari tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Z.D. 3 nafar fuqaroni tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib, haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga fuqaro J.K.dan 2 100 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat