date
views 110

Qibrayda 2 farzandli oila tiklandi

Qibrayda 2 farzandli oila tiklandi

Byuroning Qibray tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor S.Rahimovdan, undiruvchi R.Dehqonova foydasiga 1/3 qism miqdorida aliment undirish belgilangan.

Bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan ijro harakatlariga qaramay qarzdor deyarli 7 oy davomida farzandlari ta’minoti uchun aliment pullarini to‘lamagan. Unga nisbatan Qonunni tegishli bandlari bilan ma’muriy jazo qo‘llash masalasi ko‘rib chiqilayotgan bir paytda tomonlar kelishib oilani tiklamoqchi ekanliklarini bidirishgan.

Natijada ushbu oila yarashtirilib ijro hujjati Qonunning 40-1 moddasiga asosan tamomlandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qibrayda 2 farzandli oila tiklandi