Elektrotexnika mahsulotlarini sotish bilan shug‘ullanuvchi korxona 1 tonnadan ortiq quruq choylarni noqonuniy olib o‘tayotgani aniqlangan.
“Do‘stlik” chegara bojxona posti orqali Qirg‘iziston Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan yuk avtomashinasida yuk hujjatida ko‘rsatilmagan og‘irligi 1100 kg bo‘lgan, qiymati 51.700.000 so‘mlik nomsiz quruq ko‘k choylar qonunga zid ravishda olib o‘tilayotganda ushlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan. Keyinchalik, sud qarori bilan ushbu choylar yo‘q qilinishi belgilangan.
Majburiy ijro byurosi Xo‘jaobod tuman bo‘limi xodimlari qaror ijrosini o‘z vaqtida ta’minlab, sifati kafolatlanmagan quruq choy mahsulotlarini tegishli tartibda yo‘q qilish ishlarini olib bordi.
Bundan tashqari, Xo‘jaobod tumani IIB Ashyoviy dalillar saqlash omborxonasida saqlanayotgan 100 ming, 200 ming so‘mlik jami 19.320.000 so‘m miqdoridagi qalbaki pullar, shu bilan birga jinoyat sodir etishda foydalanilgan buyumlarni yo‘q qilish ishlari amalga oshirildi.
Yo‘q qilinishi ko‘zda tutilgan tovar moddiy boyliklar orasida turli dori vositalari, jumladan, sedana yog‘i kapsulalari, ozdiruvchi fatzorblar ham mavjud edi.
Muddati o‘tgan ushbu dorilarning barchasi yoqib yuborish yo‘li orqali yo‘q qilinib, iste’molga kirishining oldi olindi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring