O‘zbekistonda avtomototransport vositasini notarial idoraga bormasdan sotish imkoniyati yaratildi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, sotuvchi “E-notarius” axborot portalida “Notarial harakatni rasmiylashtirish”ni tanlaydi, o‘zining shaxsiga oid ma’lumotlarni kiritadi va notarial harakatni yaratadi. Sotuvchi sotilayotgan avtomototransport vositasini tanlaydi va narxini kiritadi. Shuningdek,
- sotuvchi sotib oluvchining JSHSHIRni, shaxsini tasdiqlovchi hujjat seriyasi va raqamini va telefon raqamini kiritadi;
- sotib oluvchining telefoniga SMS-xabarnoma yuboriladi. Sotib oluvchi havolaga kirib, Face-ID orqali verifikatsiyadan o‘tadi va roziligini tasdiqlaydi;
- avtomatik tarzda yoki ixtiyoriy notarius tanlanadi;
- notarius notarial harakatni rasmiylashtirishga qabul qilib, vaqtni belgilaydi va taraflarning mobil telefoniga SMS-xabarnoma yuboriladi;
- belgilangan vaqtda notarius taraflar ishtirokida videokonferensaloqa orqali notarial harakatni rasmiylashtiradi;
- bitimning asl nusxalari taraflarga kurerlik (pochta) xizmati orqali yuboriladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi
Markaziy bank: qoʻngʻiroqqa javob berish bilan kartadagi pullar avtomatik echib olinmaydi
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi
Koʻproq pensiya olish uchun nima qilish kerak?
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda
FVB boshligʻi 160 ming AQSh dollari olayotganda qoʻlga olindi