date
views 148

Toshkentda psixotrop moddalarni daraxt tagidan kovlab olayotgan shaxs ushlandi

Toshkentda psixotrop moddalarni daraxt tagidan kovlab olayotgan shaxs ushlandi

Foto: Milliy gvardiya axborot xizmati

Toshkent shahrida psixotrop moddalarni daraxt tagidan kovlab olayotgan shaxs ushlandi. Milliy gvardiya axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, 16 yanvar kuni Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida Milliy gvardiyaning qo‘riqlash bo‘limi hamda ichki ishlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida xususiy turar joylar yaqinidagi daraxtlarning biri tagidan psixotrop moddalarni kovlab olayotgan shaxs qo‘lga olindi.

Olib borilgan dastlabki surishtiruv mobaynida ushbu shaxs 26 yoshli fuqaro A.X. ekani aniqlangan. Unga mazkur joy manzilini Telegram orqali yuborishganini, shuningdek, psixotrop va giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi orqasida turgan shaxslarni tanimasligini bildirgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan IIO xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda psixotrop moddalarni daraxt tagidan kovlab olayotgan shaxs ushlandi
-->