21:33 / 26.01.2024
115

Ochiqlik va oshkoralik – davr talabi!

Ochiqlik va oshkoralik – davr talabi!

Hozirgi globallashuv, tezkor jarayonda barcha sohalarda ochiqlik, oshkoralik tamoyillarga amal qilgan holda faoliyat olib borish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlashda zamonaviy  yondashuvlarni tatbiq etishni vaqtning o‘zi taqozozo etmoqda. Ayniqsa bu tamoyillar bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan axborot almashinuvi jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, aholiga xolis hamda ishonchli axborotni yetkazish, davlat idoralari matbuot xizmatlarini keng jamoatchilik orasida ishonchni yanada mustahkamlaydi.

Aynan shu talab va mezonlardan kelib chiqqan holda faoliyat olib borayotgan Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan so‘nggi yillarda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasida muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda sud va boshqa organlar hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar ommaviy axborot vositalari, internet nashrlarda keng yoritib kelinayotgani ahamiyatga egadir. Bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirish maqsadida hamkor davlat va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikda muhim rejalar amalga oshirib kelinmoqda.

Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasida tashkil etilgan navbatdagi seminar ham aynan “Matbuot xizmatlari faoliyatida zamonaviy yondashuvlar” mavzusida bo‘lib o‘tdi. Tadbirga Namangan Davlat Universitetining “Yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan yoshlar taklif etildilar.

Seminar qatnashchilariga sohada amalga oshirilayotgan ishlar, yaqinda qabul qilingan  “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini isloh etish va sohani raqamlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni, unda belgilab berilgan vazifalar, yangiliklar haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, boshqarmada axborot kommunikatsiya texnologiyalarni qo‘llagan holda ishlab chiqilgan dasturiy ta’minotlar, ularning samaralari haqida ma’lumot berildi.

O‘z o‘rnida, Byuroning markaziy apparati bo‘lim bosh inspektori Sh.Ismailov, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bosh mutaxassisi M.Qarshiboyevlar matbuot xizmatlarining bugungi faoliyati, ularga zamonaviy yondashuvlarda nimalarga e’tibor qaratish haqida fikr-mulohazalarni bildirib o‘tishdi.

Seminar yakunida savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil  javoblar qaytarildi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat