
Foto: Shahrisabz tumani hokimligi
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani hududida joylashgan qishloqda qalin qor yog‘gan. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Shahrisabz tumanining olis tog‘li hududida joylashgan Ko‘l qishlog‘ida 5 kundan buyon qor yog‘moqda va uning qalinligi qariyb bir metrga yetgan.
Qayd etilishicha, tuman hokimligi tomonidan yoqilg‘i zaxirasi shakllantirilib, qishloq aholisi tuman markazidan uzilib qolmasligi uchun yo‘llar maxsus texnikalar yordamida muntazam qordan tozalanmoqda.

“Bu vaziyat aholining turmush tarziga salbiy ta’sir etayotgani yo‘q. Tuman hokimligining tashabbusi bilan aholining ehtiyojlari o‘rganilib, yetarli miqdorda arzonlashtirilgan ko‘mir yoqilg‘isi yetkazib berilgan. Ijtimoiy soha obyektlari ham barqaror ishlamoqda”, deyiladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar