
Ishlab chiqarish korxonasini elektr tarmog‘iga qayta ulab berishni va’da qilgan muhandis ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chirchiq shahar bo‘limi, prokuratura va DXX xodimlari hamkorligida tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Chirchiq shahar elektr tarmoqlari korxonasi guruh muhandisi B.M. «C.B.» MCHJga qarashli ishlab chiqarish korxonasini elektr tarmog‘iga qayta ulab berishi evaziga tadbirkor Sh.dan 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 214-moddasi (davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi xizmatchisining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar