Foto: AP
O‘zbekiston fuqarolari 4 fevraldan e’tiboran Eronga 15 kungacha vizasiz sayohat qilishlari mumkin, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.
Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Ali-Reza Bigdelining ma’lumotlariga ko‘ra, 28 ta davlat fuqarolari uchun viza olish talabi bekor qilingan. Ushbu mamlakatlar: Saudiya Arabistoni, Qatar, BAA, Bahrayn, Kuvayt, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tunis, Tanzaniya, Mavritaniya, Zimbabve, Mavrikiy, Seyshel orollari, Yaponiya, Indoneziya, Singapur, Kuba, Vetnam, Kambodja, Bruney, Braziliya, Meksika, Peru, Xorvatiya, Serbiya, Bosniya va Gersegovina, Belarus va Hindiston.
O‘z navbatida, Hindiston fuqarolari Eronga havo transportidan foydalangan holda kirgandagina vizasiz rejim amal qiladi, quruqlikdagi chegaralar orqali kirmoqchi bo‘lsa, viza olishlari kerak.
Avvalroq, Eron Vazirlar Mahkamasi bir tomonlama tartibda 32 davlat bilan viza rejimini bekor qilishni ma’qullagani xabar qilingandi.
Ma’lumot uchun, BAA ham 16 fevraldan boshlab O‘zbekiston fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Markaziy bank: qoʻngʻiroqqa javob berish bilan kartadagi pullar avtomatik echib olinmaydi
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi
Koʻproq pensiya olish uchun nima qilish kerak?
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda
FVB boshligʻi 160 ming AQSh dollari olayotganda qoʻlga olindi
Samarqand viloyati IIB tezkor xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi