198
Toshkentdagi ko‘chalarda o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilgan yo‘l to‘siqlari olib tashlanmoqda
Poytaxtdagi mahalla ko‘chalarida to‘siqlardan tozalanmoqda. Toshkent shahar IIBB YHXB matbuot xizmati xodimi Qahramon Xudoyberganovning ma’lum qilishicha, hozirgacha 100 dan ortiq shunday to‘siqlar olib tashlangan.
2022 yilda hukumat qarori bilan tasdiqlangan yangi shakldagi yo‘l harakati qoidalarining 4-bandiga ko‘ra, yo‘l harakati qatnashchilari yo‘ldagi boshqa harakat qatnashchilarining harakatlanishiga to‘sqinlik qilmasligi va xavf tug‘dirmasligi kerak.
Qoida bilan yo‘llarda harakatlanishga to‘sqinlik qiluvchi narsalarni qoldirish, «sun’iy notekislik» qurilmalarini o‘rnatish taqiqlanishi belgilangan.
Ma’lumot uchun, 2019 yilda «Avtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot instituti» unitar korxonasi tomonidan «sun’iy notekislik»larning umumiy texnik talablariga oid davlat standarti ishlab chiqilgan.
Hujjatda sun’iy notekisliklarning turlari va ularning texnik talablari ko‘rsatilgan, shuningdek ovoz chiqaruvchi bo‘ylama yo‘lak ta’rifi, nazorat usullari, shu bilan birga sun’iy notekisliklari bo‘lgan yo‘l hududlarini yo‘l harakatini tashkil etish texnik vositalari bilan jihozlash va ularni qo‘llash qoidalari taqdim qilingan.
Sun’iy notekisliklarni quyidagi joylarda o‘rnatish mumkin:
– bolalar va yoshlar ta’lim-tarbiya muassasalari yonida tartibga solinmagan yer usti piyodalar yo‘lakchalaridan 10-15 metr oldinroq;
– avariyaviylik sabablari tahliliga ko‘ra yo‘llarning ma’lum qismlarida, ayniqsa bolalar va yoshlar ta’lim-tarbiya muassasalari oldidagi xavfli hududlar boshida, bolalar maydonchasi, jamoat dam olish joylarida, stadionlar, vokzallar, do‘kon va piyodalar jamlanadigan boshqa obyektlar oldida;
– 3.24 «Yuqori tezlik cheklangan», 5.38 «Turar joy dahasi» yo‘l belgilari tomonidan o‘rnatilgan 40 km/sgacha tezlik cheklovi joriy qilingan yo‘llarning xavfli joylari oldida;
– kesib o‘tiladigan yo‘l bo‘yicha yaqinlashayotgan, transport vositalar ko‘rinuvchanligi ta’minlanmagan tartibga solinmagan chorrahalar oldida, 2.5 «To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlangan» belgisidan 30 metrdan 50 metrgacha masofada;
– 1.21 «Bolalar» belgisining amal qilish hududi bo‘ylab har 50 metr masofada.
Sun’iy notekisliklar o‘rnatish mumkin bo‘lmagan yo‘l hududlari:
– xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llar, yo‘laklar soni 4 va undan ortiq bo‘lgan respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan yo‘llar (aholi soni 1000 kishidan ortiq bo‘lgan qishloq va shaharlar bo‘ylab o‘tgan yo‘llardan tashqari);
– jamoat transporti to‘xtash maydonchalari yoki ularga qo‘shni harakat yo‘laklarida;
– ko‘priklar, ko‘prik yo‘llar, osma ko‘priklar, tunnellar va ko‘prik osti yo‘llarida;
– shaharlardagi tezlikda harakatlanish magistral yo‘llarida va umumshahar ahamiyatiga ega to‘xtovsiz harakat magistral ko‘chalarida; shifoxonalarga, tez tibbiy yordam bekatlariga, yong‘in xavfsizligi bekatlariga, avtobus va trolleybus xiyobonlariga, garaj va turargoh maydonchalariga kirish yo‘llarida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Markaziy bank: qoʻngʻiroqqa javob berish bilan kartadagi pullar avtomatik echib olinmaydi
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi
Koʻproq pensiya olish uchun nima qilish kerak?
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda
FVB boshligʻi 160 ming AQSh dollari olayotganda qoʻlga olindi
Samarqand viloyati IIB tezkor xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi