date
views 111

Fuqarolar murojaatlariga sayyor qabulda yechim topilmoqda

Fuqarolar murojaatlariga sayyor qabulda yechim topilmoqda
Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i B.Mirzaahmedov tomonidan haftaning shanba kuni o‘tkazilayotgan sayyor qabulning navbatdagisi Uychi tumanida bo‘lib o‘tdi.

Majburiy ijro byurosi Uychi tuman bo‘limi binosida tashkil etilgan tadbirda fuqarolar sud va boshqa organlar hujjatlari bilan bog‘liq muammolar yuzasidan murojaat qilishdi.

- Sudning qaroriga asosan uyga kiritish bilan bog‘liq hujjat yuzasidan murojaat qildim, deydi S.Jo‘rayeva. Murojaatim atroflicha tinglanib, 10 kun muddatda ijrosi ta’minlanishi yuzasidan ko‘rsatma berildi va alohida nazoratga olindi.

Darhaqiqat, qabulda jami 12 nafar fuqarolar aliment, bank, zarar, qarz undirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaat qilishdi. Sayyor qabul jarayonida barcha murojaat yuzasidan birinchi navbatda fuqarolarga huquqiy tushunchalar berildi va qisqa muddat ichida ta’minlanishi bo‘yicha alohida nazoratga olindi.

Boshqarma tomonidan tashkil etilayotgan sayyor qabullar fuqarolarni sud va boshqa organlar hujjatlari bilan bog‘liq masalalarni o‘z vaqtida yechimini topishda muhim bo‘lmoqda.

Majburiy ijro byurosi
Namangan viloyati boshqarmasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fuqarolar murojaatlariga sayyor qabulda yechim topilmoqda