Xorazmda qurilish materiallarini qimmat narxlarda xarid qilish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Xiva tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tuman obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul shaxslari “A.Q.” xususiy korxonasi hamda “KN.G.” MCHJdan qurilish materiallarini bozor bahosidan 571,8 mln so‘mga qimmat narxlarda xarid qilganliklari aniqlangan. Shuningdek, ushbu subyektlar tomonidan qurilish ishlarini amalga oshirishda rasmiy hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritish orqali 56,1 mln so‘m o‘zlashtirilganligi ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi
Markaziy bank: qoʻngʻiroqqa javob berish bilan kartadagi pullar avtomatik echib olinmaydi
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi
Koʻproq pensiya olish uchun nima qilish kerak?
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda
FVB boshligʻi 160 ming AQSh dollari olayotganda qoʻlga olindi