18:37 / 07.02.2024
190

Ombudsman Navoiydagi “Sharmanda doskasi” bo‘yicha munosabat bildirdi

Ombudsman Navoiydagi “Sharmanda doskasi” bo‘yicha munosabat bildirdi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Navoiy viloyati, Karmana tumanida jinoyat sodir etgan shaxslarning suratlari ilinishi uchun “Sharmanda doskasi” paydo bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) ushbu holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Ta’kidlanishicha, Ombudsman mahallalardagi e’lon taxtalariga aybdor deb topilgan shaxsning fotosurati va u haqidagi ma’lumotlar joylashtirish amaliyotini inson huquqlariga zid deb hisoblaydi.

Ma’lumot uchun, konstitutsiyaning 26-moddasida insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizdir. Hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo‘lishi mumkin emasligi, hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emasligi qat’iy belgilangan.

Jinoyat kodeksining 7-moddasiga ko‘ra, jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini ko‘zlamaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat