date
views 108

Navoiyda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi

Navoiyda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi
Navoiyda o‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, “Sh.A.” MCHJ rahbari Sh.T. fuqaro M.Sh.ning ishonchiga kirib, uni Qirg‘izistondagi universitetga 2-bosqichdan o‘qishga kiritib qo‘yishini, keyinchalik o‘qishini O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirib berishni va’da qilgan. U mazkur “xizmati” evaziga 2 ming dollar va 20 mln so‘mni olgan vaqtida departamentning Karmana tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiyda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi
-->