Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan Toshkentdagi sanoat korxonalarida ekologik monitoring o‘tkazilmoqda.
Vazirlik matbuot xizmatining xabar qilishicha, ekologik monitoring “Salar”, “Bektemir” va “Bo‘zsuv” oqova tozalash inshootlariga bog‘langan kanalizatsiya tarmoqlariga ishlab chiqarish oqova suvlari chiqarayotgan sanoat korxonalarida o‘tkazilmoqda.
Monitoring poytaxtdagi 140 ta sanoat korxonalarini qamrab oladi. Unda korxonalarning suv va suvdan foydalanish bilan bog‘liq qonunchilikka qanchalik amal qilayotgani, oqova suvlarni kanalizatsiyaga oqizib yuborishdan oldin zararsizlantirilishi va tozalanishi tekshirilmoqda.
Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
Shuningdek, korxonalar to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, mavjud lokal oqova suv tozalash inshootlari holati, tozalash samaradorligi va belgilangan me’yorlarga rioya etilgani o‘rganilmoqda.
Monitoring 1 martgacha davom etadi. Maqsad ekologiya, xususan, suv va atmosfera havosining ifloslanishi yo‘l qo‘ymaslik hamda aholining bu boradagi murojaatlarini ijobiy hal qilishdir. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi
Markaziy bank: qoʻngʻiroqqa javob berish bilan kartadagi pullar avtomatik echib olinmaydi
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi
Koʻproq pensiya olish uchun nima qilish kerak?
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda
FVB boshligʻi 160 ming AQSh dollari olayotganda qoʻlga olindi