08:45 / 12.02.2024
146

Toshkent yana jahondagi havosi eng iflos 10 ta shaharlar qatoriga kirdi

Toshkent yana jahondagi havosi eng iflos 10 ta shaharlar qatoriga kirdi
11 fevral soat 22:00 holatida Toshkent havoning iflosligi bo‘yicha dunyoda 6-o‘ringa chiqdi: havoning iflosligi 189 deya baholandi. Bu ko‘rsatkich ba’zi hududlarda hatto 200 dan ham oshgan.

Havodagi PM-2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori esa 124.5 mkg/m3ni tashkil etgan. Bu JSST tavsiyalaridan 24,9 marta ko‘proq.

«O‘zgidromet»ga ko‘ra, 2024 yil 12 fevral soat 8:00da Toshkent shahrining atmosfera havosidagi PM-2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori 67,1 mkg/m3ni tashkil etgan. Bu JSST tavsiyalaridan 13,4 marta ko‘p.

IQAir veb-saytida soat 8:22da O‘zbekiston poytaxti havoning ifloslanishi bo‘yicha dunyoda 9-o‘rinni egalladi, havo darajasi - «zararli».

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat