22:38 / 05.03.2015
6 128

YouTube’ga ko‘rmasdan o‘tkazib yuborishning iloji bo‘lmagan videolar joylanmoqda

YouTube’ga ko‘rmasdan o‘tkazib yuborishning iloji bo‘lmagan videolar joylanmoqda

Geico sug‘urta kompaniyasi Unskippable nomi ostida reklama roliklari seriyasini namoyish qilishni boshladi. Internet foydalanuvchilari bu roliklarni YouTube’da e’tibordan o‘tkazib yuborishning umuman iloji yo‘qligini aytishmoqda.

Bu videolarda barcha ma’lumotlar birinchi 5 soniyada berib bo‘linadi. Ya’ni YouTube foydalanuvchisida rolikni o‘tkazib yuborishga imkoniyat paydo bo‘lgunga qadar namoyish etish amalga oshiriladi. Rolikdagi qolgan vaqt (25 soniyadan 1 daqiqagacha) undagi aktyorlar bir holatda turganlarida, ular atrofida turli kulguli holatlar yuz beradi.

Videoni suratga olish ishlari bilan The Martin Agency kompaniyasi shug‘ullangan. Bir yil oldin Geico kompaniyasi bu roliklarning qisqartirilgan variantlarini internetga qo‘ygan edi, to‘liq variantlari esa joriy yilning fevral oyi oxirida qo‘yildi. 5 kun ichida bu roliklar 1,2 mln marta ko‘rilgan.
[media=https://www.youtube.com/watch?feature=player_embedded&v=pvcj9xptNOQ]
[media=https://www.youtube.com/watch?feature=player_embedded&v=8Dvx060Rx3g]
Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » YouTube’ga ko‘rmasdan o‘tkazib yuborishning iloji bo‘lmagan videolar joylanmoqda