15:20 / 13.02.2024
200

Sudyalar oliy kengashi Navoiyda pora bilan qo‘lga tushgan sudya yuzasidan bayonot berdi

Sudyalar oliy kengashi Navoiyda pora bilan qo‘lga tushgan sudya yuzasidan bayonot berdi
Kadr: Telegram
O‘zbekiston Hakamlik sudlari assotsiatsiyasining Navoiy viloyat vakolatxonasi huzuridagi doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi sudyasi 500 dollar va 6 million 250 ming so‘m olgan vaqtida ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Sudyalar oliy kengashi mazkur holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Qayd etilishicha, hakamlik sudlari sud tizimiga kirmaydi. Aksincha, fuqarolik-huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida vujudga keluvchi muayyan iqtisodiy nizolarni hal etish vakolatiga ega bo‘lgan nodavlat organ hisoblanadi. Shu bois hakamlik sudlari faoliyati O‘zbekistonning “Sudlar to‘g‘risida”gi qonuni bilan emas, balki alohida normativ-huquqiy hujjat – “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solingan.

Bayonlardan xulosa shuki, hakamlik sudlari sudyalari Sudyalar oliy kengashi tomonidan lavozimga tayinlanmaydi va ozod etilmaydi”, — deyiladi kengash bayonotida.

Bundan oldin Jinoyat ishlari bo‘yicha Mingbuloq tumani sudi raisi 2 ming dollar pora olgan paytda ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Bir necha kun oldin esa DXX tomonidan sud raisining qo‘lga olinishiga oid tafsilotlar e’lon qilindi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat