date
views 217

O‘zbekiston fuqarolari uchun BAAga vizasiz rejim bugundan kuchga kiradi

O‘zbekiston fuqarolari uchun BAAga vizasiz rejim bugundan kuchga kiradi
O‘zbekiston fuqarolari bugun, 16 fevraldan Birlashgan Arab Amirliklariga vizasiz borishlari mumkin.

2024 yil 16 yanvar kuni BAA Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari hukumatlari o‘rtasida kirish viza talablaridan o‘zaro ozod etish to‘g‘risidagi hamkorlik protokoli imzolangan edi. Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari 30 kundan oshmagan muddatda BAA hududida bo‘lishi davrida viza talablaridan ozod etilgan.

“Dunyo” axborot agentligiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari dunyoning 29 ta davlatiga vizasiz borishlari mumkin. Shu tariqa O‘zbekiston «Passport Index» jahon reytingida 69-o‘ringa ko‘tarilgan.

Oldinroq o‘zbekistonliklar Eronga har olti oyda bir marta vizasiz kirib, 15 kungacha sayohat qilishlari mumkinligi xabar qilingandi. Bu tartib joriy yilning 4 fevralidan kuchga kirgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston fuqarolari uchun BAAga vizasiz rejim bugundan kuchga kiradi