11:46 / 16.02.2024
175

Samarqand va Farg‘onada katta miqdorda o‘g‘riliklar aniqlandi

Samarqand va Farg‘onada katta miqdorda o‘g‘riliklar aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtachi tuman bo‘limi tomonidan gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda “Bo‘ston” MFY hududidagi xonadonda yashovchi U.O. o‘z uyida tashkil etgan issiqxonani hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 148,1 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Marg‘ilon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “M.P.” MCHJ rahbari M.P. (muqaddam sudlangan) “Pichoqchi” MFY hududidagi parrandachilik binosini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 140 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat