Amaldagi tartibga ko‘ra ota-ona farzandi to voyaga yetgunga qadar uning moddiy ta’minotini ta’minlash yelkasidagi majburiyatdir. Ammmo, ayrim hollarda bu ma’suliyatni unutib, o‘z jigarbandi ta’minotidan bo‘yin tovlab kelayotgan otalar ham afsuski uchrab turibdi. To‘raqo‘g‘on tumanida tug‘ilgan, K.Mamadaliyev ham ana shundaylar sirasiga kiradi.
Bo‘lmasa, sud qarori bilan belgilangan har oyda to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment pullarini ma’suliyat bilan to‘lab kelardi. K.Mamadaliyev aliment to‘lamay, boz ustiga juftakni rostlab berkinib yurdi. Byuroning To‘raqo‘rg‘on tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan mazkur hujjat ijrosini ta’minlash oson kechmadi. Bir necha bor ogohlantirishga qaramay K.Mamadaliyev aliment berish o‘rniga, qochib, yashirinib yurdi. Kuni kecha Byuroning viloyat boshqarmasi qidiruv sho‘basi xodimlari tomonidan olib borilgan tadbirlarda qarzdor Toshkent viloyatining Qibray tumanida topildi.
Farzandi ta’minoti uchun to‘planib qolgan salkam 57 mln. so‘m qarzdorlikni bartaraf etish yuzasidan imkon berildi. Lekin, ming afsuski u bundan xulosa qilmadi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Qibray va To‘raqo‘rg‘on tumanlari sudi hamkorlikda o‘tkazilgan videokonfrensiya shakldagi sud davomida unga nisbatan 15 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Savollarni koʻpaytirgan sud: “Doʻstov ishi”da huquqiy baho berilmagan holatlar...
Fargʻonalik 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha chiqarib olindi
Chust tumanidagi korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oʻzingizga tegishli boʻlmagan er uchastkalarini egallab olmang...
Viloyatlararo 10 ta yangi yoʻnalishda avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Toshkentda prokuratura tergovchisi pora bilan ushlandi (video)
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi
Markaziy bank: qoʻngʻiroqqa javob berish bilan kartadagi pullar avtomatik echib olinmaydi