Bugun, 17 fevral kuni ertalab ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi Tashkent Index bozorida avtoturargohlarning soyabon (tom) qismi mashinalar ustiga qulagani tasvirlangan videolar tarqaldi.
Videolarda avtoturargohning yengil konstruksiyali ustunlari va tom qismi kecha yog‘ib o‘tgan qorning og‘irligini ko‘tara olmay qulashi oqibatida ko‘plab avtomobillarga shikast yetgani ko‘rinadi.
Foto: Tashkent Index
Tashkent Index bozori ma’muriyati hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi. Unga ko‘ra 2024 yil 16 fevral kuni noqulay ob-havo va kuchli qor yog‘ishi tufayli bozor hududidagi yengil konstruksiya tarzida qurilgan soyabonlarning bitta 50 metrlik qatori qorning og‘irligidan qulab tushgan.
“Ushbu soyabon ostida 35 avtotransport vositasi turgan bo‘lib, ulardan 6 tasining kapot, tom yoki bamper qismlariga shikast yetgan. Ayni vaqtda avtotransport vositalarining egalari bilan kelishilgan holda, yetkazilgan moddiy zararni qisqa fursatlarda qoplab berish chorasi ko‘rilmoqda”, deyiladi ma’lumotda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oltin kovlashga chiqqan samarqandlik ikki fuqaro vafot etdi
Savollarni koʻpaytirgan sud: “Doʻstov ishi”da huquqiy baho berilmagan holatlar...
Fargʻonalik 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha chiqarib olindi
Chust tumanidagi korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oʻzingizga tegishli boʻlmagan er uchastkalarini egallab olmang...
Viloyatlararo 10 ta yangi yoʻnalishda avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Toshkentda prokuratura tergovchisi pora bilan ushlandi (video)
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi