16:13 / 18.02.2024
210

400 ming so‘mlik kupyura chiqqani aytilgan xabarlarga munosabat bildirildi

400 ming so‘mlik kupyura chiqqani aytilgan xabarlarga munosabat bildirildi
Foto: Markaziy bank
Ijtimoiy tarmoqlarda 400 ming so‘mlik bankrotlar muomalaga chiqarilgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Markaziy bank buni rad etdi. Ma’lum qilinishicha, tarqalgan suratda 100 ming so‘mlik banknotning nominali ko‘rsatilgan raqamlarini 400 ming raqamiga o‘zgartirilgani aks etgan.

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan 400 ming so‘m nominaldagi banknotlar hech qanday qonuniy asoslarga ega emasligi va fuqarolarimiz bunday yolg‘on xabarlarga aldanib qolmasligini so‘raymiz”, — deyiladi izohda.

Ma’lumot uchun, “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 39-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi pul belgilarining nominal qiymati Markaziy bank tomonidan belgilanadi.

Mazkur qonunning 40-moddasiga muvofiq, Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to‘lov vositasi sifatida pul belgilarini muomalaga chiqarishda mutlaq huquqqa ega bo‘lib, yangi namunalardagi pul belgilari muomalaga chiqarilishi to‘g‘risidagi xabar, shuningdek, ularning tavsiflari Markaziy bank tomonidan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

Avval ham 400 ming so‘mlik kupyura suratlari tarqalgandi. Markaziy bank bu haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda O‘zbekistonda muomalada bo‘lgan 7 ta banknotadan 6 tasi yangilangan. Xususan, 2021 yilning 27 dekabridan 50 ming va 100 ming so‘mlik, 14 iyunidan 2 ming va 20 ming so‘mlik, 26 avgustidan 5 ming va 10 ming so‘mlik banknotalar yangi ko‘rinishda muomalaga chiqarildi.

2022 yil iyun oyida Markaziy bank milliy valyuta — so‘m ramzini e’lon qildi. Biroq so‘m ramzi jamoatchilik tomonidan noroziliklarga uchradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat