Foto: Getty images
KfW bankining «Raqamli sog‘liqni saqlash islohotlarini qo‘llab-quvvatlash» loyihasi doirasida raqamli sog‘liqni saqlash yagona platformasini yaratish rejalashtirilmoqda.
«Aholi salomatligi-2030» milliy strategiyasining 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash tizimidagi axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qilish uchun zarur bo‘ladigan standartlar, klassifikator va ma’lumotnomalar hamda nomenklaturalarni ishlab chiqish hamda tasdiqlash mo‘ljallanmoqda.
Davolash-profilaktika muassasalari uchun asosiy funksionallarini qamrab oluvchi tibbiy axborot tizimi (Medical information system) yaratiladi (hududiy ko‘p tarmoqli shifoxonalar) va bunda 27 mln nafar bemorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish imkoniyati taqdim etiladi.
Respublika elektron vizualizatsiya va teleradiologiya tizimi yaratiladi.
«Raqamli hukumat» tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali elektron sog‘liqni saqlash yagona platformasiga tegishli vazirlik va idoralarning zarur deb topilgan axborot tizimlari integratsiya qilinadi.
Sog‘liqni saqlash tizimidagi 2,2 ming nafardan ortiq IT hamshiralarining zamonaviy axborot texnologiyalari, axborot tizimlaridan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari bosqichma-bosqich oshiriladi.
Faol axborot tizimlari sonini 10 tadan 20 taga yetkaziladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oltin kovlashga chiqqan samarqandlik ikki fuqaro vafot etdi
Savollarni koʻpaytirgan sud: “Doʻstov ishi”da huquqiy baho berilmagan holatlar...
Fargʻonalik 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha chiqarib olindi
Chust tumanidagi korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oʻzingizga tegishli boʻlmagan er uchastkalarini egallab olmang...
Viloyatlararo 10 ta yangi yoʻnalishda avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Toshkentda prokuratura tergovchisi pora bilan ushlandi (video)
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi