14:46 / 19.02.2024
135

Farmagentlikning sobiq direktori suddan o‘ziga nisbatan oqlov e’lon qilinishini so‘radi

Farmagentlikning sobiq direktori suddan o‘ziga nisbatan oqlov e’lon qilinishini so‘radi
Foto: “Daryo”
O‘zbekistonda eng kamida 68 nafar bolaning o‘limi va 16 nafar bolaning nogiron bo‘lib qolishiga sababchi sifatida ko‘rilayotgan “Dok-1 Maks” siropi bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan sudning navbatdagi majlisida sudlanuvchilarga so‘nggi so‘z berildi.

Sudda so‘z olgan Farmatsevtika tarmoqlarini rivojlantirish agentligining sobiq rahbari S.Kariyev so‘nggi so‘zini aytdi.

"Hurmatli sudya, hay’at a’zolari e’tibor bergan bo‘lsangiz, sud tergovi davomida dastlabki tergovda bergan ma’lumotlarimning hech biridan tonmadim yoki o‘zgartirmadim. Sababi men bor haqiqatni gapirdim. Ammo menga qarshi ko‘rsatma berayotgan sudlanuvchilar bergan ko‘rsatmalarini bir necha bor o‘zgartirishdi. Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, men haqiqatni gapirdim va sirop ishida hech qanday aybim yo‘q. Shu sabab menga oqlov e’lon qilishingizni so‘rayman", — dedi “Dok-1 Maks” ishida aybdor ko‘rilayotgan sobiq amaldor.

Sirop ishini ko‘rib chiqayotgan sud majlislarining bir nechtasida sudlanuvchilar, jumladan, S.Kariyevning o‘rinbosarlari — A.A. va N.M.lar, DUKning ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan sudlanuvchi Sh.Sh. hindistonlik tadbirkorning yana bir dorisi “Kuraraks” dorisiga tayinlangan inspeksion tekshiruvni bekor qilish haqida rahbardan — S.Kariyevdan topshiriq bo‘lganini gapirib bergandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat