Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekistonda 1 oktyabrdan aholiga ko‘rsatiladigan barcha ijtimoiy yordamlarni “ijtimoiy karta” orqali moliyalashtirish joriy etiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoya sohasidagi muhim vazifalar yuzasidan o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.
Bunda, eng avvalo, “Saxovat va ko‘mak”, “Ayollar”, “Yoshlar” daftarlari jamg‘armalari, keyinchalik bosqichma-bosqich 74 turdagi ijtimoiy nafaqa va yordamlar o‘tkaziladi.
Ushbu karta orqali transport va kommunal sohalardagi imtiyozlardan ham foydalanish mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, yig‘ilishda nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. O‘zbekiston 2021 yilda Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shilgani tarixiy voqea bo‘ldi va undagi majburiyatlarni bajarish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, viloyat va tuman hokimlari ushbu shaxslarga yordam berish, ularning uyushmalari va tashkilotlari bilan muloqot qilish, sharoit yaratish bilan yetarlicha shug‘ullanmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Ayrim vazirlik, idoralar va viloyat hokimliklarida nogironligi bo‘lgan birorta odam ishga olinmagani tanqid qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oltin kovlashga chiqqan samarqandlik ikki fuqaro vafot etdi
Savollarni koʻpaytirgan sud: “Doʻstov ishi”da huquqiy baho berilmagan holatlar...
Fargʻonalik 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha chiqarib olindi
Chust tumanidagi korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oʻzingizga tegishli boʻlmagan er uchastkalarini egallab olmang...
Viloyatlararo 10 ta yangi yoʻnalishda avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Toshkentda prokuratura tergovchisi pora bilan ushlandi (video)
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi