10:20 / 21.02.2024
81

Uchta tumanda noqonuniy valyuta savdosiga chek qo‘yildi

Uchta tumanda noqonuniy valyuta savdosiga chek qo‘yildi
Bosh prokuratura huzuridagi departament xabariga ko‘ra, Ellikqal’a tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan F.U. va M.K. jami 4 ming dollarni fuqaro M.T.dan 49,6 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi departament hamda DXXning Amudaryo tumani bo‘limlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan G‘.Sh. jami 3,5 ming dollarni fuqaro X.B.dan 43,5 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Xatirchi tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan A.T. va N.R. fuqaro G.J.ga 3 ming dollarni 37,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat