date
views 97

Toshkent tumanidagi mayning ferma davlatga milliardlab zarar keltirdi

Toshkent tumanidagi mayning ferma davlatga milliardlab zarar keltirdi
Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan Toshkent viloyatida o‘tkazilgan tezkor nazorat tadbirida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda «O‘zenergoinspeksiya» xabar bermoqda.

Toshkent tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro S.R. o‘z xonadonining yerto‘lasida mayning qurilmalarni hisoblagichdan tashqari yashirin yo‘l bilan elektr tarmog‘iga ulab, noqonuniy ravishda foydalanib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Ushbu holat bo‘yicha dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasi tomonidan 3 mlrd 2 mln so‘m miqdoridagi hisobga olinmagan elektr energiyasi qayta hisob-kitob qilindi.

Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent tumanidagi mayning ferma davlatga milliardlab zarar keltirdi