
O‘zbekistonda 2024 yil yakunigacha 6 ta yirik quyosh elektr stansiyasi ishga tushiriladi. Bu haqda prezidentning “O‘zbekiston – 2030 strategiyasini Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonida belgilandi.
Farmonda xorijiy investorlar ishtirokida Toshkent, Qashqadaryo, Buxoro, Namangan va Navoiy viloyatlarida umumiy quvvati 2 700 MVt bo‘lgan 6 ta yirik quyosh elektr stansiyalarini 2024 yil yakuniga qadar ishga tushirishni ta’minlash topshirildi.
Respublikada “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish uchun qulay sharoitlarni yaratish va “yashil energiya” manbalari salmog‘ini oshirish maqsadida 2024 yil 1 aprelga qadar “yashil energiya” sertifikatlari aylanmasi bozor tamoyillari asosida yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.
Shuningdek, xalqaro issiqxona gazi savdosi bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish tartibi tasdiqlanishi lozim.
2024 yil 1 apreldan boshlab iqlim o‘zgarishi sohasida monitoring, hisobot berish va tekshirishning zamonaviy tizimi (MRV) va ma’lumotlar bazasi bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar