Videodan kadr
Joylarda korrupsiya va firibgarlik bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘yildi, deyiladi DXX xabarida.
Jizzax viloyatida kuzatilgan holatda, Sharof Rashidov tumani Ichki ishlar bo‘limi Vaqtincha saqlash hibsxonasi boshlig‘i hozirda ayblov e’lon qilinib, mazkur hibsxonada saqlanayotgan shaxsga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqayotgan sudya tomonidan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanishida yordam berish evaziga 10 ming AQSH dollari talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan pul mablag‘idan 5 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, mazkur mansabdor shaxs muqaddam o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, hibsxonada saqlanayotgan ushbu fuqaroning oila-a’zolari bilan uchrashishi hamda uyidan olib kelingan oziq-ovqat mahsulotlarining kiritilishi uchun ruxsat berish evaziga 400 AQSH dolari olganligi ham ma’lum bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oltin kovlashga chiqqan samarqandlik ikki fuqaro vafot etdi
Savollarni koʻpaytirgan sud: “Doʻstov ishi”da huquqiy baho berilmagan holatlar...
Fargʻonalik 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha chiqarib olindi
Chust tumanidagi korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oʻzingizga tegishli boʻlmagan er uchastkalarini egallab olmang...
Viloyatlararo 10 ta yangi yoʻnalishda avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Toshkentda prokuratura tergovchisi pora bilan ushlandi (video)
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi