“O‘zsuvta’minot” O‘zbekistonda aholisi ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi eng past hududni ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Qashqadaryo aholisining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 59,4 foiz bilan Respublikada eng past ko‘rsatkichni qayd etmoqda. Ammo hududda ichimlik suvi ta’minoti qamrovini kengaytirishga qaratilgan islohotlar bir daqiqaga ham to‘xtamagani qayd etilgan.
Bugun “O‘zsuvta’minot” boshqaruvi raisi o‘rinbosari v.b. Shoxruhali Sadillayev viloyatdagi sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan. Jumladan, viloyatning tog‘li-rekreatsion hududlarida zamonaviy xizmat ko‘rsatish hamda turizm obyektlaridagi ichimlik suvi va oqova tizimlarining loyihaoldi jarayonlari ko‘zdan kechirilgan.
Shoxruhali Sadillayev tomonidan mas’ullarga xizmat sifatini yaxshilashga qaratilgan tegishli taklif va topshiriqlar bergan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oltin kovlashga chiqqan samarqandlik ikki fuqaro vafot etdi
Savollarni koʻpaytirgan sud: “Doʻstov ishi”da huquqiy baho berilmagan holatlar...
Fargʻonalik 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha chiqarib olindi
Chust tumanidagi korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oʻzingizga tegishli boʻlmagan er uchastkalarini egallab olmang...
Viloyatlararo 10 ta yangi yoʻnalishda avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Toshkentda prokuratura tergovchisi pora bilan ushlandi (video)
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi