15:37 / 25.02.2024
111

Xorazmda fermer xo‘jaligi 3,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Xorazmda fermer xo‘jaligi 3,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Foto: “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati
Xorazm viloyatida fermer xo‘jaligi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish natijasida tizimga 3 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazgani aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.

Urganch tumanida joylashgan “M.” fermer xo‘jaligi o‘ziga qarashli binoda yashirin yo‘llar bilan qo‘shimcha tarmoq tortib, tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanib kelgan.

Holat Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda “Hududgazta’minot” AJ xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirda aniqlangan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 3 milliard 374 million so‘m (2 million 249 ming kubometr tabiiy gaz)ni tashkil etgan.

Qoidabuzar iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat