11:23 / 26.02.2024
149

Ayrim turdagi huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish vakolati soliq idoralaridan sudlarga o‘tkaziladi

Ayrim turdagi huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish vakolati soliq idoralaridan sudlarga o‘tkaziladi
“Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.

Loyihada aytilishicha, mamlakatda soliq ma’murchiligini yanada takomillashtirish, shu jumladan soliqqa oid munosabatlarda qonuniylik va odillik prinsipini ta’minlash yuzasidan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, soliq idoralari tomonidan tadbirkorlik subyektlarini ma’muriy javobgarlikka tortish bilan bog‘liq qonunchilik hujjatlarini qo‘llash amaliyotining tahlili ushbu sohada hal etilishi lozim bo‘lgan ayrim muammolar mavjudligini ko‘rsatmoqda.

Qonun bilan soliq solish obyektlarining hisobini va hisobotini yuritish belgilangan tartibini, shuningdek to‘lov intizomini buzish bilan bog‘liq ayrim turdagi huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish vakolati soliq idoralaridan sudlarga o‘tkazilishi nazarda tutilmoqda.

Qonun tadbirkorlik subyektlarini ma’muriy javobgarlikka tortishda qonunbuzilishlarining oldini olishga, shuningdek, ushbu munosabatlarda qonuniylik va odillik kabi prinsiplarni ta’minlashga xizmat qiladi.

Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini ushbu qonunga muvofiqlashtiradi. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish va bekor qilinishini ta’minlaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat