Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda metan gaz quyish shoxobchasida navbat talashish ortidan janjal kelib chiqqani, mushtlashuv sodir bo‘lgani va bir fuqaro vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi.
Videotasvirlarda haydovchilar ko‘pchilik bo‘lib bir necha yigitni do‘pposlashgani, yakunda jabrlanuvchilardan biri o‘rnidan turolmay qolgani ko‘rinadi.
Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining matbuot kotibi Bobur Tulyaganov hodisaga izoh berdi. Qayd qilinishicha, holat 26 fevral kuni Yuqori Chirchiq tumani hududida joylashgan metan gaz quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan. Janjal navbat talashish oqibatida yuz bergan, ammo qurbonlar yo‘q.
Holat Toshkent viloyati IIBB tomonidan nazoratga olinib, hududiy IIB tomonidan Jinoyat Kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va hozirda tergov-surushtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oltin kovlashga chiqqan samarqandlik ikki fuqaro vafot etdi
Savollarni koʻpaytirgan sud: “Doʻstov ishi”da huquqiy baho berilmagan holatlar...
Fargʻonalik 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha chiqarib olindi
Chust tumanidagi korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oʻzingizga tegishli boʻlmagan er uchastkalarini egallab olmang...
Viloyatlararo 10 ta yangi yoʻnalishda avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Toshkentda prokuratura tergovchisi pora bilan ushlandi (video)
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi