Foto: “Daryo”
O‘zbekistonda 2023 yilda onlayn-auksionlar orqali 87 mingdan ziyod avtoraqamlar sotildi. Bu haqda respublika tovar-xom ashyo birjasi matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, sotilgan avtomobil raqamlarining jami qiymati 396,1 milliard so‘mni tashkil etgan. Spot'ning yozishicha, eng qimmat “chiroyli” avtoraqam yuridik shaxsga 450 million so‘mga sotilgan.
Undan keyingi ikkinchi o‘rinda yuridik shaxs tomonidan xarid qilingan 439,56 million so‘mlik avtoraqami turibdi. Eng qimmat beshlikka jismoniy shaxslar tomonidan sotib olingan 399,6 million so‘m, 395 million so‘m hamda 378,18 million so‘mlik avtomobil raqamlari kirdi.
2023 yilning oktabrida qariyb 900 mln so‘mga sotilgan 777 RRR “chiroyli” avtoraqami xaridor tomonidan yo‘l harakati xavfsizligi organida to‘liq ro‘yxatdan o‘tkazilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oltin kovlashga chiqqan samarqandlik ikki fuqaro vafot etdi
Savollarni koʻpaytirgan sud: “Doʻstov ishi”da huquqiy baho berilmagan holatlar...
Fargʻonalik 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha chiqarib olindi
Chust tumanidagi korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oʻzingizga tegishli boʻlmagan er uchastkalarini egallab olmang...
Viloyatlararo 10 ta yangi yoʻnalishda avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Toshkentda prokuratura tergovchisi pora bilan ushlandi (video)
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi