Foto: Videodan kadr
Davlat xavfsizlik xizmati advokat, transport boshqarmasi bosh mutaxassisi va hokimlik xodimining noqonuniy harakatlariga chek qo‘ydi.
DXXning Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Buxoro shahridagi advokatlik byurosi advokati, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida, prokuratura organlaridagi mansabdor tanishlari orqali yengillik yaratib berish evaziga 100 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
DXXning Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Ichki ishlar vazirligining Jizzax viloyati Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, viloyat Transport boshqarmasi Tenderlar o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi Forish tumanida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xususiy korxonaga davlat tomonidan berilgan Isuzu avtobusini sotish huquqi bo‘lmasa-da, jismoniy shaxsga 6,6 ming dollarga sotgan vaqtida ushlangan.
DXXning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Chinoz tumani hokimligi xodimi tumandagi kam ta’minlangan oilalarga imtiyozli kredit asosida berilgan uylardan birining egasini xabardorligisiz, u kredit to‘lovlarini amalga oshirmayotganini ro‘kach qilib, ushbu xonadonni bank balansiga qaytarish orqali, boshqa bir fuqaro nomiga egalik huquqini beruvchi qaror chiqartirib, kredit rasmiylashtirib berish evaziga 6 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oltin kovlashga chiqqan samarqandlik ikki fuqaro vafot etdi
Savollarni koʻpaytirgan sud: “Doʻstov ishi”da huquqiy baho berilmagan holatlar...
Fargʻonalik 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha chiqarib olindi
Chust tumanidagi korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oʻzingizga tegishli boʻlmagan er uchastkalarini egallab olmang...
Viloyatlararo 10 ta yangi yoʻnalishda avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Toshkentda prokuratura tergovchisi pora bilan ushlandi (video)
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi