“Farzand tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma olishda daraxt ekish uchun buyurtma berish bo‘yicha davlat xizmati, “Yangi avlod bog‘lari”ni barpo qilish va kafolatli saqlash mexanizmlarini joriy qilish to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
2024 yil 1 iyulgacha farzand tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma olishda daraxt ekish uchun buyurtma berish bo‘yicha davlat xizmati va elektron platforma to‘laqonli yo‘lga qo‘yiladi.
Kadastr agentligi tuman (shahar) hokimliklari bilan har yili 1 noyabrga qadar hududlarda “yashil bog‘lar”, “yashil jamoat parklari” va “Yangi avlod bog‘lari” barpo qilish mumkin bo‘lgan tuman (shahar) hokimliklari balansidagi bo‘sh turgan yerlar ro‘yxati, maydoni va manzili haqida ma’lumotlarni to‘playdi.
Har yili 1 dekabrga qadar har bir tuman (shahar)larda “Ochiq budjet” axborot portali orqali ovoz berish yo‘li bilan, jamoatchilik fikri asosida shakllangan “Mening bog‘im” loyihalari doirasida aholi tashabbusi bilan “yashil bog‘” va “yashil jamoat parklari”ni barpo qilish uchun hamda bola tug‘ilganida guvohnoma olishda uning nomiga tamg‘alangan holda daraxt ko‘chatlarini ekish orqali “Yangi avlod bog‘lari”ni barpo qilishga yer maydonlari ajratiladi.
Farzand tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma olishda daraxt ekish uchun buyurtma berish uning nomiga tamg‘alangan holda daraxt ko‘chatlarini ekib “Yangi avlod bog‘lari”ni barpo qilish maqsadida tug‘ilgan bolaning ota-onasi yoki vasiysi tomonidan ixtiyoriy ravishda “Yashil to‘lov” elektron platformasi orqali yoki boshqa turdagi onlayn elektron platformasi orqali to‘lovni amalga oshirgan holda davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali buyurtma beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Hech qachon jahli chiqmagan odam
Toshkent viloyatida Mazda avtomashinasi yonib ketdi
Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi voqea tafsilotlari
Toshkent avtobuslarida endi naqd pul olinmaydi. Shu bilan muammolar tugadimi?
Xalq artisti Jenisbek Piyazovga qisqa vaqtda belgilangan 4 ta jarima haqida (video)
Oltin kovlashga chiqqan samarqandlik ikki fuqaro vafot etdi
Savollarni koʻpaytirgan sud: “Doʻstov ishi”da huquqiy baho berilmagan holatlar...
Fargʻonalik 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha chiqarib olindi