Foto: Andijon shahar hokimligi
Andijon shahrining sobiq hokimi Bahrom Haydarov vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shoxruh G‘iyosov sobiq hokimning o‘limiga nima sabab bo‘lganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Bahrom Haydarovga qo‘yilgan asosiy tashxis — yurak ishemik kasalligi zo‘riqish stenokardiyasi FS-III, IKKS (2022 yil mart). Koronar qon tomirlar stentlash operatsiyasidan keyingi holat (2022 yil aprel). Gipertoniya kasalligi III bosqich. Arterial gipertenziya III. Xavf IV (o‘ta yuqori).
Bahrom Haydarov 1972 yilda Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida tug‘ilgan. 1995 yil Andijon iqtisodiyot va boshqaruv institutini (sirtqi), 1998 yil O‘zbekiston Bank-moliya akademiyasini (kunduzgi) tamomlagan. U shahar hokimligiga 2019 yilning avgustidan kirishgan.
2022 yilda Bahrom Haydarovning davlat manfaatlariga 1,7 milliard so‘m zarar keltirganlikda ayblanayotgani, uning deputatlik dahlsizligini bekor qilish uchun viloyat prokuraturasiga taqdimnoma kiritilgani xabar qilingan edi. O‘sha yilning dekabr oxirlarida Bahram Haydarov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismining “a”, “v” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda, 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Bahrom Haydarovning janozasi bugun, 5 mart kuni Andijon shahridagi xonadonida bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qoyilmaqom majlis (hajviya)
Hech qachon jahli chiqmagan odam
Toshkent viloyatida Mazda avtomashinasi yonib ketdi
Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi voqea tafsilotlari
Toshkent avtobuslarida endi naqd pul olinmaydi. Shu bilan muammolar tugadimi?
Xalq artisti Jenisbek Piyazovga qisqa vaqtda belgilangan 4 ta jarima haqida (video)
Oltin kovlashga chiqqan samarqandlik ikki fuqaro vafot etdi
Savollarni koʻpaytirgan sud: “Doʻstov ishi”da huquqiy baho berilmagan holatlar...