date

OTMda o‘qish uchun to‘lov-kontraktlar miqdori 15 foizga oshdi

OTMda o‘qish uchun to‘lov-kontraktlar miqdori 15 foizga oshdi

Moliya vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 17 avgust kuni O‘zbekiston OTMlarida to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olishning yangi yillik miqdorini tasdiqladi. Bu haqda "Gazeta.uz" xabar bermoqda. 1 sentyabrdan kuchga kiradigan shartnomalarning yangi narxlari amaldagidan ta’minan 15 foizga ko‘proq.

Gumanitar yo‘nalishlar

Pedagogika, jumladan, kasbiy ta’lim — 6,65 mln so‘m.

San’atshunoslik — 7,99 mln (sirtqi ta’lim — 3,11 mln).

Gumanitar fanlar — 6,65 mln.

Sharq filologiyasi, turk tillar filologiyasi, roman-german filologiyasi, tarjima nazariyasi va amaliyo ti, o‘zbek-ingliz tili tarjima nazariyasi va amaliyoti — 7,25 mln.

Xalqaro munosabatlar — 9,85 mln.

Matematika, oliy matematika va informatika, tabiiy fanlar — 6,65 mln.

Ijtimoiy va iqtisodiy yo‘nalishlar, huquq

Sosiologiya, psixologiya — 6,65 mln.

Jurnalistika va axborot — 7,25 mln.

Iqtisodiyot — 8,8 mln.

Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy aloqalar — 9,85 mln.

Huquqshunoslik — 9,85.

Ishlab chiqarish va texnika sohasi

Muhandislik ishi va ishlab chiqarish texnologiyasi — 6,65 mln (sirtqi bo‘lim — 2,2 mln).

Kompyuter texnologiyalari va informatika, aloqa va axborotlashtirish, telekommunikasion texnologiyalar — 7,25 mln (sirtqi bo‘lim — 2,65 mln).

Iqtisodiyot va boshqaruv sohasida axborot-kommunikasion texnologiyalar — 8,8 mln.

Arxitektura va qurilish — 7,25 mln.

Qishloq va suv xo‘jaligi

Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligini boshqarish, qishloq xo‘jaligi texnikasi, veterinariya, irrigasiya va meliorasiya — 6,65 mln.

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot

Sog‘liqni saqlash — 8,8 mln.

Ijtimoiy ta’minot — 6,65 mln.

Xizmat ko‘rsatish sohasi

Xizmat ko‘rsatish sohasi — 7,25 mln.

Sport faoliyati — 6,65 mln.

Transport — 7,25 mln.

Atrof-muhitni muhofaza qilish, faoliyat xavfsizligi — 6,65 mln.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » OTMda o‘qish uchun to‘lov-kontraktlar miqdori 15 foizga oshdi