date
views 68

Toshkent viloyatida elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Toshkent viloyatida elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi
Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati
Toshkent viloyatida elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, holatlar Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yangiyo‘l shahar va Parkent tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda aniqlangan. YATT M.A. kompyuter o‘yinlari xizmatini ko‘rsatish obyektida, fuqaro T.T. esa ishlab chiqarish sexida elektr va gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 333,8 million so‘mlik elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatida elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi