date
views 227

Buxoroda farzandini beshikka bog‘lab, muttasil qiynab kelgan ayolga qo‘shimcha ayb qo‘yildi

Buxoroda farzandini beshikka bog‘lab, muttasil qiynab kelgan ayolga qo‘shimcha ayb qo‘yildi
Foto: Bolalar ombudsmani matbuot xizmati
Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida farzandini muttasil kaltaklab, qiynab kelgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. Bolalar ombudsmanining ma’lum qilishicha, unga nisbatan qo‘shimcha ayb e’lon qilindi.

S.N. ayol kichik yoshdagi farzandini 2 yildan beri kaltaklab kelgani yuzasidan Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi, “a, v” bandlari (voyaga yetmagan, ojiz ahvoldaligi ayon bo‘lgan shaxsni qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.

Dastlabki tergov davomida fuqaro S.N.ning harakatlarida Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismida (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) nazarda tutilgan jinoyat alomatlari aniqlangani sababli 2024 yil 1 mart kuni Shofirkon tumani IIB Tergov boshqarmasi tomonidan ayolga qo‘shimcha ayb e’lon qilingan.

Hozirda mazkur jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov tamomlanib, ish materiallari qonuniy qaror qabul qilish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Shofirkon tuman sudiga yuborilgan.

Bolalar ombudsmani bolaning manfaatlari sud bosqichida ta’minlanishi yuzasidan o‘z kuzatuvini davom ettirishini bildirdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda farzandini beshikka bog‘lab, muttasil qiynab kelgan ayolga qo‘shimcha ayb qo‘yildi