date

Toshkent va Namangan viloyati ziyoratchilari Madina shahriga etib kelishdi

Toshkent va Namangan viloyati ziyoratchilari Madina shahriga etib kelishdi

Kuni kecha Toshkent va Namangan viloyati ziyoratchilari Namangan - Madina yo‘nalishi bo‘yicha Madina shahriga etib kelishdi. Aeroportda mehmonlarni ishchi guruh vakillari kutib olib, avvaldan hozirlangan mehmonxonaga joylashtirdi. Ular bugun muborak qadamjolarga ziyorat uyushtirdilar. Hammalari sog‘ va salomat. Istiqlol sabab mana shunday muqaddas manzillarga etkazgani uchun Alloh taologa beadad hamd aytmoqdalar. Shukronalik ila duoga ochilgan qo‘llar Yaratgandan yurtimizga tinchlik, xotirjamlik, oilalarga farovonlik va qut-baraka tilamoqda.
"Bizlar mana shunday joylarga, Allohning baytiga kelib ibodat qilishni orzu qilardik. Shukrki, niyatimizga erishdik. Bu ham bo‘lsa, Alloh taoloning marhamati, mustaqillik sabab erishgan yutuqlarimizning samarasi, deb bilaman", deydi mingbuloqlik Turdinisa aya Mansurova.
Vatandoshlarimizning safar taassurotlari bilan ulashishda davom etamiz. Bizni kuzatib boring deb xabar beradi "Kun" nashri.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent va Namangan viloyati ziyoratchilari Madina shahriga etib kelishdi