Foto: Videodan kadrlar
Samarqandda 13 yashar bola Damas'da oyog‘i zanjir bilan kishanlangan holda topilgandi. Bolalar ombudsmani buni qoralab, holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2011 yilda tug‘ilgan Sh.Sh. Paxtachi tumani “Qalqon-jasorat harbiy sport maktabi”ning 6-sinfida o‘qiydi. Sh.Sh.ning vasiylari J.S. va E.M. mazkur maktab o‘qituvchisi X.Sh.ni chaqirib, xulqi og‘irligi tufayli bolani Samarqand viloyati “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazi”ga olib borishni so‘ragan.
2024 yil 15 mart kuni maktab o‘qituvchisi Sh.X. voyaga yetmagan Sh.Sh. go‘yoki avtomashinadan tushib qochib ketmasin degan vaj bilan Damas'ning orqa o‘rindig‘ida g‘ayriqonuniy tarzda bola oyoqlarini temir zanjir bilan bog‘lab qo‘ygan.
Holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilib, Jinoyat kodeksining 138-moddasi (zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda ish yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hozirda voyaga yetmagan Sh.Sh.ga tibbiy, psixologik va ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatilishi choralari ko‘rilmoqda.
“Bola qanday xulqda bo‘lishidan qat’i nazar, unga nisbatan bunday g‘ayriinsoniy, noqonuniy chora ko‘rilishiga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bunday chora bolaning erkinligi va shaxsiy daxlsizligi huquqiga ziddir”, — deyiladi bolalar ombudsmani munosabatida.
Qayd etilishicha, bolaga nisbatan bunday tarzdagi zo‘ravonlik holati yuzasidan bolalar ombudsmani o‘z kuzatuvini davom ettiradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»