06:00 / 19.03.2024
120

O‘zbekistonda 6,5 mingdan ziyod nikohdan o‘tmasdan birga yashayotganlarning nikohi qayd etildi

O‘zbekistonda 6,5 mingdan ziyod nikohdan o‘tmasdan birga yashayotganlarning nikohi qayd etildi
“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Ma’lum qilinishicha, aksiya doirasida 98 192 nafar shaxsda tegishli hujjatlar mavjud emasligi aniqlangan, shundan 88 570 tasi ijobiy hal etildi. Qayd etilishicha, 1 261 nafar shaxsning tug‘ilishi qayd etib berildi. Shuningdek,

- 9 450 nafar shaxsga tug‘ilganlik haqida takroriy guvohnoma berildi;
- 6 503 ta qonuniy nikohdan o‘tmasdan birga yashayotgan shaxslarning nikohi qayd etildi;
- 2 593 nafar shaxsning o‘limi muddati o‘tib qayd etildi;
- 3 429 nafar shaxsning o‘limi haqida takroriy guvohnoma berildi;
- 7 973 nafar fuqaroga ID karta rasmiylashtirildi;
- 23 274 ta tadbirkorlik subyektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi;
- 17 865 ta ko‘chmas mulk obyektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

2023 yil davomida 77 turdagi yangi davlat xizmatlarni ko‘rsatish joriy etilib, hozirda jami 337 taga yetkazildi. 2024 yil davomida esa ularning sonini 400 taga yetkazish rejalashtirilgan.

Shundan 55 turdagi xizmatlar bepul ko‘rsatiladi, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga 50 foiz chegirma qo‘llaniladi. 1 mln 400 mingdan ortiq fuqaro “Mobil ID” tizimida ro‘yxatdan o‘tdi va 2023 yilda ushbu tizim orqali 100 mingga yaqin xizmatdan foydalanildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda 6,5 mingdan ziyod nikohdan o‘tmasdan birga yashayotganlarning nikohi qayd etildi