15:02 / 20.03.2024
240

O‘zbekiston chegarasida yashirin yerosti yo‘llari aniqlandi

O‘zbekiston chegarasida yashirin yerosti yo‘llari aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyat bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, Xonobod shahrining «A.Navoiy» MFY hududini Qirg‘iz Respublikasining Jalolobod viloyati Suzoq tumani Bekobod qishlog‘i bilan bog‘lovchi 2 ta yashirin yerosti yo‘li aniqlanib, ular orqali tovar-moddiy boyliklarni yurtimizga olib o‘tish bilan shug‘ullangan O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolaridan iborat transchegaraviy jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Dastlab Qirg‘iz Respublikasi fuqarosi yerosti yo‘li orqali O‘zbekistonga 16 ta qopda jami 813 dona mobil telefon vositalarini olib o‘tib, yurtimizdan esa 1 kg. 745 gr. oltin yombilari va zargarlik buyumlarini olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Tezkor tadbir davom ettirilib, uning Andijon shahridagi boshqa sheriklari aniqlandi hamda ularga tegishli 10 ta manzil ko‘zdan kechirilganida, mazkur yerosti yo‘laklari orqali olib o‘tilgan mobil telefon apparatlari, planshet, noutbuk va ularning aksessuarlari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Ta’kidlash lozimki, har ikki yer osti yo‘li 20 metr chuqurlikda joylashgan, kengligi 70-80 sm.ni, balandligi 170-180 sm, birinchisining uzunligi 350 metrni, ikkinchisiniki esa 135 metrni tashkil qiladi.

Tezkor tadbir davomida, guruh a’zolaridan dastlabki kiymati 11 mlrd. so‘mni tashkil qiluvchi jami 3813 dona turli mobil telefon apparatlari, 50 dona planshet, 97 dona noutbuk va 1000 donadan ortiq aksessuarlar, shuningdek 1 kg. 745 gr. oltin yombi va zargarlik buyumlari olindi.

Hozirda aniqlangan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston chegarasida yashirin yerosti yo‘llari aniqlandi